Fargʻonalik jurnalistlar Poytaxtda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishmoqda
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilayotgan media-sayohat doirasida bir guruh farg‘onalik jurnalistlar poytaxtdagi tarixiy maskanlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Jurnalistlar bugun Yangi O‘zbekiston bog‘i hamda G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyida bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, bunyodkorlik ishlari va xalqimizning jasorati aks etgan tarixiy ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur tashrif Vatanimizning kechagi va bugungi yutuqlarini chuqurroq anglash, jurnalistlar uchun esa yangi ijodiy taassurotlar manbai bo‘lib xizmat qilmoqda, – deydi jurnalist Durdona Gʻafforova. – Farg‘onadan poytaxt sari boshlangan safarimiz mazmunli va unutilmas lahzalarga boy davom etmoqda.

Jurnalistlar ayni paytda Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: