Yangi saylangan kasaba uyushmalari raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
Joriy yilning 14 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashida o‘tgan yilgi hisobot-saylovlar yakunlariga ko‘ra yangi saylangan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari uchun malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir kasaba uyushmalari tizimida faoliyat samaradorligini oshirish, rahbar kadrlarning huquqiy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Seminarda viloyatning turli tarmoq va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuz nafarga yaqin yangi saylangan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat munosabatlari, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish, shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatini samarali tashkil etishga oid muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
O‘quv-seminar dasturidan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav va Nizom talablari asosida yo‘lga qo‘yish, jamoa shartnomalarini tuzish tartibi, xodimlar uchun yo‘llanmalar ajratish mexanizmi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash kabi muhim mavzular o‘rin olgan.

Mutaxassislar tomonidan amaliy misollar asosida olib borilayotgan ma’ruzalar ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitmoqda.
Ta’kidlanganidek, bu kabi o‘quv-seminarlar yangi saylangan raislarning mas’uliyatini oshirish, mehnat jamoalarida sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash hamda xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, sohada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: