“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda Kengash raisi Erkinjon Nuraliyev va Kengash raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedovalar yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ular bilan samimiy suhbat qurdilar.
Erkinjon Nuraliyev yoshlar bilan muloqot qilar ekan, Prezidentimizning joriy yilning 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, yoshlarni bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 700 ming nafardan ziyod ishchi-xodimlar kasaba uyushmalari atrofida birlashgan bo‘lsa, ularning 220 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Albatta, yoshlarning ham maroqli dam olishlari, tarixiy qadamjolarga sayoxatga borishlariga, iqtidor va salohiyalarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotir.
Xususan, birgina 2025 yil 6 oyi davomida 200 nafardan ziyod yosh ishchi-xodim kasaba uyushmalari tasarrufidagi sihatgohlarda mazmunli hordiq chiqarib, o‘z salomatliklarini tiklashgan bo‘lsa, 2 ming nafardan ziyod yosh ishchi-xodimlar Respublikamizning turli diqqatga sazovor joylariga bepul sayoxatga yuborildi.
Uchrashuv davomida yoshlar kasaba uyushmalari faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Shu kuni 50 nafar yoshlar Marg‘ilon Temir yo‘l vokzalidan Poytaxtimiz Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatiga sayoxatga yuborildi. Ular 3 kun davomida so‘nggi yillarda olib borilgan ulkan hajmdagi qurilish bunyodkorlik ishlari bilan tanishadilar. Shuningdek, tarixiy maskanlar, ziyoratgoh va obidalarga ham tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: