“Ayollar daftari” ijrosi muhokama markazida bo‘ldi
Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida Oila va xotin-qizlar Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva, “Ayollar daftari” bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan mas’ul rahbar Abdug‘affor Salihov rahbarligida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichida xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ijrosi bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimligi, xalq deputatlari viloyat Kengashi, boshqarma va tashkilotlar mas’ul rahbarlari hamda tuman, shahar hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda «Ayollar daftari» bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqqoniyligi va yuzaga kelayotgan kamchiliklar muhokama qilindi. Qayd etilganidek, joriy yil boshida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 111 ming 778 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga ro‘yxatga olindi. Shu kungacha “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 97 ming 667 nafariga, ya’ni 87,4 foiziga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Ammo ayrim tuman va shaharlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlari biroz orqada qolayotgani ta’kidlandi. Daftarga kiritilgan opa-singillarimizning hayotdan umidi katta ekanligi, amaliy yordamlar orqali ro‘zg‘orlarini bus-butun qilishga harakat qilishga ishtiyoqlari balandligi aytib o‘tildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan manzilli yordamlarning sifatini va qamrovini oshirish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: