E’tibordan ko‘ngillar tog‘dek ko‘tarildi
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan tizimda mehnat qilib kelayotgan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila farzandlarining 150 nafariga o‘quv qurollari va maktab sumkalari sovg‘a qilindi.
— Har yili an’anaviy tarzda a’zolarimizning farzandlariga mana shunday o‘quv qurollarini topshiramiz. Bundan ko‘zlangan maqsad esa a’zolarga ko‘mak ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashdir, — deydi Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi Manzuraxon Akramova.
— Farzandimga o‘quv qurollarining topshirilishi meni bexad xursand qildi, — deydi Farg‘ona shahar 1-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Nargiza Mirzakarimova. — Qizim Muslimaxon ham o‘quv qurollarini olib rosa suyundi. Rosti e’tibordan boshim osmonga yetdi. Biz kasaba uyushma a’zolarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasiga minnatdorlik bildiraman.
Ishonch bilan aytish mumkinki, kelgusida bolajonlar bu g‘amxo‘rlikni o‘z bilim va yutuqlari bilan albatta oqlashadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: