Bayram arafasida 50 nafar ayol ishchi-xodimlar «Xumson» sihatgohiga yuborildi
Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan mehnat jamoalarida fidoyilik bilan ishlab kelayotgan bir guruh xotin-qizlar Toshkentda joylashgan «Xumson» sihatgohiga yuborildi.
Xotin-qizlar bugun, 3-mart kuni Marg‘ilon shahridagi temir yo‘l vokzalidan sihatgohga kuzatib qo‘yildi.
Dam oluvchilarni sihatgohda tibbiy muolajalarni o‘z vaqtida qabul qilishlari, maroqli hordiq chiqarishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, ular uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va konsert dasturlari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: