“Zarkent” sihatgohida salomatligimizni mustahkamlayapmiz
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohatda 50 nafar ta’lim fidoyilarining sayohati davom etmoqda.
Sayohatchilar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar. Shu bilan birga, Amir Temur muzeyi, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida ham bo‘ldilar. Toshkent bo‘ylab davom etgan sayohat ustozlarda katta taassurot qoldirmoqda.
— Bundan 4 yil avval Toshkentga kelgandim. Hozir poytaxtimiz butkul o‘zgarib, yanayam chiroyli qiyofa kasb etibdi, — deydi Bag‘dod tumani 27-maktab o‘qituvchisi Dilfuza Yangiboyeva. — Hamkasblarimiz bilan bo‘lgan sayohatimiz mazmunli va esda qolarli o‘tyapti. Buning uchun kasaba uyushmalariga rahmat.
— Toshkentdagi sayohatimizdan so‘ng tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim “Zarkent” sihatgohiga kelib joylashdik. Bu yerda yaratilgan sharoitlar a’lo darajada. Bugunning o‘zidayoq davolanishni boshladik. Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan mana shunday go‘zal sanatoriyda dam olib, davolanayotganimizdan hursandmiz. Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan nufuzli tashkilot bor ekan, bor kuch-g‘ayratimiz bilan yosh avlod kamoli yo‘lida mehnat qilaveramiz.
Ayni paytda sayohatchilar “Zarkent” sihatgohida muolajalarni olib, salomatliklarini mustahkamlamoqdalar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: