Qadr topgan kasb egalari
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi tashabbusi bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’kidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Tadbirda mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni, mavqei oshib borayotganligiga alohida urg‘u berildi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Shohidaxon Karimova, Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali direktori birinchi o‘rinbosari Narimon Otajonov, Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Vohobovalar tadbirni ochar ekan, tez tibbiy yordam markazi tizimida mehnat qilib kelayotgan opa-singillarimizni bayram bilan qutlab, sohada bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar, davlatimiz tomonidan tizimga katta e’tibor qaratilayotganligiga to‘xtalib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, tez tibbiy yordam markazida sadoqat bilan xizmat olib borayotgan 100 nafar salomatlik posbonlari Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
San’atkorlar tomonidan ijro etilgan diltortar kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishlab, barchani raqsga chorladi.
Tadbir yakunida komedik janrdagi spektakl namoyish etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: