Omad kuchlilarga boqadi
Farg‘ona politexnika institutida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida kasaba uyushmalari faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida fakultetlararo bilimlar bellashuv tashkil etildi.
Unda institutning Kimyo-texnologiya, Qurilish, Energetika, ICHB, Mexanika-mashinasozlik, Yengil sanoat va to‘qimachilik, Kompyuter loyihalash tizimlari fakultetlarining jamoalari ishtirok etdi.
Bellashuvda jamoalarning mehnat kodeksi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun, jamoa shartnomasi, mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi bo‘yicha qanchalik bilimga ega ekanliklari sinovdan o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati esa jamoalarni baholab bordi.
Yakunda ko‘p bilimga ega, o‘z ustida ishlagan jamoa g‘oliblikka munosib ko‘rildi. Savollarga aniq va tezkorlik bilan javob qaytargan Kompyuter loyihalash tizimlari fakulteti jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetiga, 3-o‘rin esa Kimyo-texnologiya fakultetiga nasib qildi.
Gʻoliblar Farg‘ona politexnika instituti kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Baxtiyor DADAJONOV,
Farg‘ona politexnika instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: