“Автоойна” МЧЖда меҳнат жамоасининг конференцияси бўлиб ўтди
Farg‘ona viloyatidagi “Avtooyna” MCHJda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi majburiyatlarining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi A.Xaqulov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi E.Nuraliyev, korxona bosh direktori F.Saidahmedov, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Akbarov hamda korxonaning mas’ul xodimlari va delegatlar ishtirok etdilar.
Dastlab jamiyat boshqaruvi raisi Farruh Saidahmedovning xodimlarning mehnatini muhofaza qilish, ijtimoiy sug‘urta qilish, ayollar va yoshlarga beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlarni bajarish, xaodimlarni qayta o‘qitish, kasbga tayyorlash va ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng konferensiyada korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Muslimbek Akbarovning hisoboti tinglandi.
Unda qayd etilishicha, hisobot davrida jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan imtiyozlarning barchasi bajarilgan. Jumladan, 277 nafar ishchi-xodimlarga kasaba uyushma mablag‘laridan moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida hamda yurtimizning tarixiy qadriyatlari bilan tanishish va e’zozlash maqsadida 82 nafar ishchi-xodimlarning Xorazm, Toshkent, Namangan viloyatlaridagi tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etildi.
“Avtooyna” MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi Jamoa shartnomasi – 2023” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani e’tirof etildi.
Konferensiya davomida xodimlar jamoa shartnomasiga oid ko‘plab savollariga mas’ullardan javob oldilar.
So‘zga chiqqanlar tomonidan jamoa shartnomasi ijrosi qoniqarli deb topildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: