Migratsiyada yurgan fuqarolar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Tashqi Migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat shtabi rahbari o‘rinbosari U.Hamidov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O.Qozixonovalar ishtirokida Marg‘ilon shahridagi to‘rtta sektorda mahalla yettiliklari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Unda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha so‘z yuritildi.
Mahallalardagi Ishchi guruhi uyma-uy yurgan holda ayni paytda xorijda yurgan fuqarolarning xonadoniga borib, ularning oila a’zolari ishtirokida anketa so‘rovnomalarni to‘ldirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: