Mehnat muhofazasi vakillari o‘qitildi
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat inspeksiyasi tomonidan tibbiyot muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillarni bilimlarini oshirish maqsadida qator o‘quvlar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday o‘quvlarning navbatdagisi Toshloq tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tdi. Muassasada 25 nafar mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar saylangan. Ular tom ma’noda mehnat muhofazasiga mas’ul hisoblanadi.
O‘quvda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish, xavfsizlik talablariga rioya qilinishi bo‘yicha vakillarga tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlanganidek, ish beruvchi va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa holatlari bo‘yicha o‘z vaqtida xabarnoma yuborish, tekshirish o‘tkazish, mehnatni muhofaza qilish talablari ijrosini nazorat qiluvchi davlat organining ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarishni ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni yetarlicha moliyaviy ta’minlash, mehnat sharoitlari va muhofazasi bo‘yicha tegishli nazoratni ta’minlash va boshqalar, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ravshanbek FOZILOV,
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat huquq inspektori
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: