Mehnat kodeksini noto‘g‘ri talqin qilish ish beruvchiga necha so‘mga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat «Xalq banki» Boshqaruvchining 2023 yil 21 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat «Xalq banki» Farg‘ona viloyati hududiy, tuman-shahar filiallarining yagona MFOga o‘tkazish hamda ularning o‘rnida zamonaviy viloyati mintaqaviy markazi va bank xizmatlari markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 82/7-sonli qaroriga muvofiq, «Xalq banki» hududiy filiallarining shtatlar jadvaligi bir qator shtat birliklari qisqartirilishi belgilangan.
Shuningdek, xodimlarni mehnat shartnomalari yuqoridagi asoslarga ko‘ra bekor qilishi belgilangan.
Jumladan, AT «Xalk banki» Farg‘ona viloyati Beshariq, Oltiariq, Quvasoy, Bag‘dod filiallarining xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnoma qisqartirish sababli bekor qilingan.
Xodimlarni mehnat shartnomasini bekor qilinishida mehnat qonunchiligi talablari qo‘pol ravishda buzilib, ularni 20-30 yildan buyon bankda faoliyat yuritib kelayotganligi inobatga olinmagan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan xodimlarning huquqlarini tiklash maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida da’vo arizalari kiritildi.
Bir necha marotaba o‘tgan sud muhokamalaridan so‘ng barcha xodimlarning huquqlari tiklanib, ularni avvalgi lavozimiga ishga tiklash hamda majburiy progul uchun ish haqi va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya mablag‘lari undirish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.
Sud hukmi bilan xodimlarga 2 00 mln. so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirish belgilandi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: