Ibratli harbiy oila
15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar o‘rtasida “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar belgalangan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom oila muhitini ta’minlashda hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari tashkilotchilar hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat хizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: