Har bir ayolda iste’dod bor, qobiliyat bor, faqatgina uni ro‘yobga chiqarish uchun hohish bo‘lsa bas!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi hamda Uchko‘prik tumani hokimligi bilan hamkorlikda Uchko‘prik tumanini xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ishsiz xotin-qizlar, faol tadbirkorlar va ish beruvchilarning muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida bo‘lib o‘tgan muloqotda tuman hokimligi vakillari, tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, opa-singillarimiz «Boboshbek» ishlab chiqarish va savdo kompleksida ham bo‘lib tadbirkorlar tomonidan ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdilar.
Motivator-psixolog R.Bo‘taboyeva tomonidan o‘tkazilgan psixologik seminar-trening ishtirokchilarga yanada hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi. Natijada 53 nafar ishsiz xotin-qizlar munosib ish o‘rinlarini tanlagan bo‘lsa, 6 nafari shu yerning o‘zidayoq tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida 22 nafar tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari hamda 20 nafar ishsiz xotin-qizlarga elektor pechlari subsidiya asosida tarqatilib, ularning bandligi ta’minlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: