Federatsiya raisining tashakkurnomasi topshirildi
Joriy yilda xodimlarning manfaati yo‘lidagi samarali mehnati, ishchi-xizmatchilarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati uchun bir guruh mehnat-huquq va mehnat-texnik inspektorlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan taqdirlanmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashida apparat xodimlari, tarmoq kasaba uyushmasi raislari hamda faollar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Federatsiyaning Farg‘ona viloyati kengashining mehnat-texnik inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar alohida e’tirof etilib, mehnat-texnik inspektori Mansurjon Xatamovga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Qobiljon Qirg‘izaliyev ishtirok etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: