BILIMLAR MUSTAHKAMLANDI
Mehnat munosabatlari davomida ish beruvchi va xodim o‘rtasida turli nizo va ziddiyatlarning kelib chiqqaniga ko‘p marta guvoh bo‘lganmiz. Bu kabi nizolarning kelib chiqishiga turli omillar, ish beruvchining mehnat shartnomasi shartlariga rioya etmasligi, mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan talablarga amal qilmasligi yoki bo‘lmasa ish beruvchining qonunga zid ravishda xodimni ishdan bo‘shatish kabilar sabab bo‘ladi.
Ish beruvchi va xodim o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga rioya etish bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda ana shular xususida so‘z yurtildi.
Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan seminarda ta’lim muassasalari direktorlari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari ishtirok etib, mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.
Avvalo, biz o‘zimizning mehnat huquqlarimizni qanchalik darajada bilamiz? Agar ish beruvchi “siz ishdan bo‘shadingiz”, deb siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilaman qabilida ish tutsa, nima qilish lozim, ayni shu holatda “boshlig‘”ning harakatlari asoslimi, arizani majburlab yozdirish mumkinmi, ishdan bo‘shayotgan xodimning mehnat huquqlari qay tarzda himoya qilinadi va bu borada amaldagi qonunchilikda qanday kafolatlar nazarda tutilgan? Shu va shu kabi omillar bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi mehnat huquq inspektori Feruza Abdullajonova batafsil ma’lumot berdi.
Feruza Abdullajonovaning qayd etishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga jami 138 ta da’vo arizalar kiritildi. Sudlarda mutaxassis sifatida xodimlarning hukuklarini ximoya qilish uchun 255 marotaba ishtirok etildi. Murojaatlar bilan ishlash natijasida xodimlarga jami 5 mlrd. 882 mln. so‘mdan ziyod majburiy progul kunlari uchun ish haqlari, o‘z muddatida to‘lanmagan ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun to‘lovlar undirilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: