Bilimlar mustahkamlandi
Xabar berib borayotganimizdek, Respublika tarmoq kasaba uyushmalarining viloyatdagi hududiy Kengashlari tomonidan bu yilgi hisobot-saylov konferensiyalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday seminarning navbatdagisi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyatidagi tuman-shahar Kengashlari raislari hamda yirik boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida tashkil etildi.
Unda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi Axadjon Madaminov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Abror Otaboyevlar tomonidan jarayonlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: