Salomatlikda gap ko‘p
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Chimyon” sihatgohida ayol ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada ishtirokchilar sportning stol tennisi, 100 metr masofaga yugurish va shashka turlari bo‘yicha bahslashishdi.
— Xodimlarning salomatligi biz uchun muhim sanaladi, — deydi “Chimyon” sanatoriysi Madaniyat bo‘limi mudiri Dildora Mirzamatova. — Shuning uchun xodimlar o‘rtasida bu kabi sport musobaqalarini tez-tez o‘tkazib turamiz. Qolaversa, ushbu bellashuvlar sog‘lom turmush tarzining targ‘iboti hamdir.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, stol tennisi musobaqasida sihatgoh hamshirasi Gulmira Ismoilova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yugurish musobaqasida esa Dildora Gʻaniyeva finishga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shashka musabaqasida Gulnora Husanova barcha hamkasblarini yengib, zafar quchdi.
Musobaqa g‘oliblariga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: