Bor mehrim onamga!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Bor mehrim onamga!” shiori ostidagi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev yig‘ilganlarni bahoriy bayram bilan samimiy muborakbod etib, o‘z ezgu tilaklarini bildirdi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashining diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: