Xodimlarning ish haqlari undirib berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 2023 yil 7 avgustdan 19 avgustgacha tarbiyachi, yetakchi bo‘lib ishlagan fuqarolarish haqini olmaganliklari to‘g‘risida berilgan murojaat Bolalarni dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, “Komiljon ota Mamajonov” fermer xo‘jaligi tasarrufidagi “Tong” bolalar oromgohi Bolalarni dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan maqsadli moliyalashtirilgan. Ammo, “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ma’muriyati tomonidan ushbu maqsadli to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.
O‘rganish jarayonida tezkorlik bilan tegishli xodimlarga 4-smena davomidagi oyliklarini to‘lab berish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
R.Rahimov,
Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: