Yosh ishchi-xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi kasaba uyushmasi, Farg‘ona shahar Ichki ishlar bo‘limi, Farg‘ona shaharidagi “Xo‘jamberdi boy” masjidi hamkorligida yosh ishchi-xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq muloqotda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizida o‘sib kelayotgan yoshlar taqdiri mujassamligi, shu bois yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib shakllanish, ustuvor maqsadlar sari dadil borish har bir yoshning Vatanimiz oldidagi muqaddas burchi ekani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Ma’lumot uchun aytish o‘rinliki, hozirgi kunda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida yosh mutaxasislar soni 430 nafarni tashkil etadi. Bu yerda yoshlarga yetarlicha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Qabul-diagnostika bo‘limida alohida yoshlar xonasi tashkil etilib, muntazam ravishda yosh xodimlar o‘rtasida sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
Tadbir yakunida kuni-kecha markazda o‘tkazilgan “Besh tashabbus” doiraisdagi sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: