Yetakchiga bahoni a’zolar beradi
Ma’lumki, bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘zining 120 yilligini nishonlaydi. Shu bois mehnat jamoalarida kasaba uyushma tarixi, o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kasaba uyushmalarining bugungi kundagi olib borayotgan ishlari keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.
Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ham bu haqda yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, madaniy-ma’rifiy tadbir doirasida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tarmoq tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari ishtirok etdi.
Darhaqiqat, hisobot-saylov yig‘ilishi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyatida muhim voqelik bo‘lib, har besh yilda bo‘lib o‘tadi. Unda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kasaba uyushma ishiga baho beriladi. Shu bilan birga mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi.
Shu bois tadbirda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislariga hisobot-saylov yig‘ilishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq kerakli ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: