Xotin-qizlar komissiyalari raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashida viloyatdagi korxona va tashkilotlardan xizmat ko‘rsatayotgan kasaba uyushma tashkilotlari qoshidagi Xotin-qizlar komissiyalari raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xotin-qizlar Kengashi raisi Go‘zal Toxtayeva hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Orzigul Qozixonovalar tomonidan viloyatimizdagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib va xavfsiz ish joylari yaratilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati muntazam ravishda olib borish kabi yo‘nalishlardagi ishlar aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlayotgan xotin-qizlar uchun ish joylarida ish vaqti rejasiga rioya qilinishini ta’minlash, ayollar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan yuk normalari me’yoriga amal qilishni nazorat qilish va kuchaytirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlari holati bo‘yicha ish beruvchi oldiga ko‘plab talablar qo‘yish, Jamoa shartnomalarida ayollar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlarning bajarilishini ham doimiy ravishda tahlil etib borish bo‘yicha so‘z yuritildi.
Korxona va tashkilotlarda ishlayotgan Xotinqizlar kimissiyalariga tashkilotlarda ishlayotgan ayollar o‘rtasida oilani asrash, farzand tarbiyasi ajrimlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borish hamda notinch oilalar bilan ishlash vazifalari ham kun tartibida ekanligi qayd etilib, bu bo‘yicha ham ishlarni jonlantirish kerakligi aytib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: