Xorijdan qaytgan Gulbahorning tayinli ishi bor
Beshariq tumanidagi “Qora qo‘yli” mahallasida yashovchi Gulbahor Sahobiddinova shu paytgacha musofirchilikda Rossiya davlatida ishlab yurgan edi. Oiladan uzoqda, begona yurtda ishlash ham oson emas. Ayniqsa, ayol kishi uchun.
Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizni oilasiga qaytirish, bandligini ta’minlash borasida boshlangan xayrli tashabbus Gulbahor kabi musofirchilikda yurgan vatandoshlarimizni xursand qildi.
Kasaba uyushmalari boshchiligidagi Ishchi guruh xonadonma-xonadon yurib, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan bittama-bitta suhbatlashdi. Ularni qiynayotgan masalalar o‘rganildi. Ana shunday o‘rganishlar davomida Ishchi guruh vakillari Gulbahor Sahobiddinovaning xonadonida bo‘ldi. U bilan telefon orqali bog‘lanib, muammolari tinglandi. O‘shanda Gulbahor birorta tayinli ish bo‘lsa, oilasi bag‘riga qaytishini aytgandi.
Ko‘p o‘tmay, Gulbahor o‘z ona yurtiga, qishlog‘iga qaytdi. Bandligini ta’minlash maqsadida unga go‘zallik saloni ochish uchun bino ajratib berildi. Faoliyatini boshlab olishiga sarmoya ham ajratildi.
— Musofirchilikda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rdim. O‘zga yurtda pul topish oson emas ekan. Topganim u oydan, bu oyga bazo‘r yetardi, — deydi Gulbahor Sahobiddinova. — Baraka topishsin, xorijdan qaytib kelishim bilan go‘zallik saloni ochishim uchun menga bino berildi. Shukur, hozir ishlarim yaxshi. Topish-tutishim yomon emas. Mijozlar soni ham kun sayin ortib bormoqda. Asosiysi, o‘z yurtimda, oilam bag‘ridaman.
Bugun O‘zbekistonda hech kim e’tibordan chetda emas. Xalqni rozi qilish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar esa inson qadriga qaratilgani bilan ham axamiyatlidir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: