Xodimlar kasaba uyushmasidan minnatdor
Hozirda Qo‘qon shahr tibbiyot birlashmasida 10 000 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi muhokamasi va hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda jamoa shartnomasining taraflari hisoblangan ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi konferensiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
Konferensiya ishtirokchilari tomonidan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi qoniqarli deb baholandi.
Shundan so’ng, Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati tinglandi.
Salomatlik posbonlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari amaldagi Jamoa shartnomasi orqali himoya qilib kelinmoqda. Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi, salomatliklarini mustahkamlash uchun sihatgohlarga imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi. Mingdan ortiq xodimlar respublikamiz bo‘ylab sayohatlarga olib borildi.
Yordamga muxtoj xodimlar doimo kasaba uyushma va ma’muriyatning e’tiborida bo‘lib keldi. Bayramlar arafasida ularga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv yili boshida esa kam ta’minlangan, yordamga muhtoj xodimlarning farzandlariga maktab o‘quv qurollari olib berildi.
Konferensiya delegatlari kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tkan yillardagi faoliyatini qoniqarli deb topib, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisobotini tasdiqladi.
Shundan so‘ng konferensiyada yashirin ovoz berish yo‘li orqali muqobillik asosida Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Boxodir Tillaboyev qayta saylandi.
Konferensiyada shuningdek, Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi raisi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Shohidaxon Karimova ishtirok etib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, kasaba uyushmalar harakatiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan yig‘ilganlarga ma’lumot berib, kasaba uyushmalarining tashkil etilishidan boshlab, bugungi kunga qadar olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha tushuntirish berdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: