Xalqaro Oila kuni bayrami munosib nishonlandi
Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskandir. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.
Ma’lumki, BMT Bosh assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 15 may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bundan asosiy maqsad oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Sana munosabati bilan viloyat hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida viloyat musiqali drama teatrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Kanvoyi onaxonlar, «Ayollar daftari» ro‘yxatida turuvchi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila bekalari ishtirokidagi tadbirda yurtimizdagi har bir oila davlatimiz himoyasida, jamiyatimiz e’tiborida ekanligi e’tirof etildi.
Ishtirokchilar uchun viloyat musiqali drama teatrining mahoratli aktyorlari tomonidan bayramona teatr namoyish etildi. Shuningdek, ularga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: