Uch oy to‘lanmagan ish haqi to‘lab berildi
Muhammadali Abdurahimov Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasining qon quyish bo‘limida navbatchi feldsher, shu bilan birga, qabulxona bo‘limida ham 17:00 dan 00:00 gacha qo‘shimcha vazifa bajarib kelayotgan bo‘lsa-da, ish beruvchi tomonidan unga kechki smenada ishlagani uchun ish haqi to‘lanmaydi. Bu bo‘yicha ish beruvchiga bir necha marotaba uchrashadi. Ammo foydasi bo‘lmaydi.
Ish beruvchining bu xatti-harakatidan norozi bo‘lgan Muhammadali Abdurahimov kasaba uyushmalariga murojaat qilib, qabulxona bo‘limida soat 17:00 dan 00:00 gacha qo‘shimcha vazifa bajarib kelishiga qaramay, ish haqi to‘lanmayotganini ma’lum qiladi.
O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, Muhammadali Abdurahimovga uch oy mobaynida qabulxona bo‘limida ishlagani uchun 1 mln. 800 ming so‘m ish haqi to‘lanmaganligi aniqlandi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Muhammadali Abdurahimovga to‘lanmagan 1 mln. 800 ming so‘m ish haqi to‘lab berildi.
— O‘z a’zolarini har qadamda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan, ko‘mak zarur bo‘lganda yordamini ayamayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalariga o‘z rahmatimni aytmoqchiman. Murojaatim qisqa muddatga ichida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. Men shunday nufuzli tashkilotning himoyasida ekanligimdan mamnunman.
Ravshanbek Fazilov,
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi
respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat inspektori
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: