Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish va onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan «Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash» hamda «Ayollar daftari» tizimining 5-bosqichi yuzasidan Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha Farg‘ona viloyatiga biriktirilgan vakillar – viloyat shtabi rahbari S. To‘xtayev hamda shtab rahbari o‘rinbosari U. Hamidovlar rahbarligida tuman-shaharlarga biriktirilgan vakillar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “Tashqi Migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash” masalasi bo‘yicha Respublika shtabining 1-kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman-shahar shtablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bu bo‘yicha ishlarni tashkillash topshiriqlar ham berildi.
kunning ikkinchi yarmida “Tashqi Migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash” masalasi bo‘yicha Respublika shtabining 1-kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini mahalla yettiligiga to‘g‘ri tushuntirish bo‘yicha viloyat shtabida viloyat shtabi a’zolari rahbarligida tuman-shahar mahallalaridagi yettiliklar ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda barcha tuman-shahar yettiklari ishtirok etdi. Unda mahalla Ishchi guruhi xonadonma-xonadon yurib, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarning yaqinlari bilan va telefon orqali o‘zi bilan ham suhbatlashib, anketa-so‘rovnoma asosida xatlov ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: