Tarixiy shaharni sayohat qildik
Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida mehnat qilib kelayotgan 54 nafar xodimning Xorazm viloyati bo‘ylab sayohati amalga oshirildi.
Sayohatchilar to‘rt kun davomida viloyatning diqqatga sazovor maskanlari va ochiq osmon ostidagi muzey — Xivani tomosha qildilar.
O‘zining tarixiyligi bilan sayohlar bilan doimo gavjum bo‘lgan Xivaga bo‘lgan sayohat farg‘onaliklarda katta taassurot qoldirdi. Aytish kerakki, Xiva shahri nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng qadimiy va tarixiy obidalarga boy shaharlardan biridir. Tarixan ikki qal’aga bo‘lingan shaharning me’moriy obidalari asosiy qismi Ichan qa’lada joylashgan. Muhammad Aminxon madrasasi, Kaltaminor, Toshhovli saroyi, Olloqulixon madrasasi va boshqa inshootlar e’tiborga sazovordir.
— Kasaba uyushmalari orqali ko‘plab yordamlarni olyapmiz. Vaqtida sihatgohga borib, salomatligimizni mustahkamlayapmiz, undan tashqari so‘lim go‘shalarda dam olish imkoniyatiga ega bo‘lyapmiz, — deydi Bag‘dod tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasa xodimi Shahnozaxon Kenjayeva. — Mana bu safar qadim shahar Xivaga sayohatga olib borishdi. Kasaba uyushmalarining ko‘magi bilan ko‘rmagan joylarimizni ko‘rib, bir olam taassurotlar bilan qaytdik.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: