Tanqidiy-tahliliy yig‘ilish
Bugun, 18 sentabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashida «Ayollar daftari» tizimining 5-bosqichi yuzasidan Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha Farg‘ona viloyatiga biriktirilgan vakil – viloyat shtabi rahbari A.Salixov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat studiyasi orqali Kengash apparati xodimlari va Tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat kengashlari rahbarlari, hududiy studiyalari orqali tuman-shahar kengashlari raislari ishtirok etdi.
Tanqidiy-tahliliy o‘tgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyatida «Ayollar daftari»ning 5-bosqichini tez fursatlarda sifatli bajarish, shu orqali xotin-qizlarni hayotdan rozi bo‘lib, shukronalikda yashashlariga erishish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ayollarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarning haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratish va ular islohotlarni o‘z hayotida sezishlari zarurligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: