So‘xliklar yashil maydonda bellashdi
Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlab, So‘x tumanida “Mustaqillik eng buyuk ne’mat” shiori ostida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Unda sportsevar yoshlar va kasaba uyushma a’zolari jamolarga bo‘lingan holda birinchilik uchun kurash olib bordilar.
— Bayram shodiyonalari har bir muassasada ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda, — deydi Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi Manzuraxon Akramova. — Ayniqsa, So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasi aziz so‘xliklarga manzur bo‘ldi.
Ajoyib tarzda tashkil etilgan futbol musobaqasi qizg‘in va murosasiz kechdi. Jamoalar g‘oliblik uchun astoydil kurish olib bordilar.
Yakunda g‘oliblik kuchlilarga nasib etdi. Unga ko‘ra barcha raqib jamolarni yenggan So‘x tuman IIB jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin esa Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tasarrufidagi sport maktabi ustozlaridan iborat jamoaga nasib etdi. 3-o‘ringa esa tuman moliya bo‘limi jamoasi va chegara qo‘shinlari jamoasi qo‘lga kiritdi.
Gʻolib bo‘lgan jamoalar Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: