Sh.Turdiyevning mehnatga oid huquqlari tiklandi
Farg‘ona shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (ko‘zi ojiz) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati xodimi Shuhrat Turdiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga ariza bilan murojaat qilib, 2023 yil sentyabr oyida hech qandan asossiz va buyruqlarsiz 1 stavka o‘qituvchi lavozimidan tarbiyachi lavozimiga o‘tkazilganligidan norozi bo‘lib, avvalgi lavozimiga qaytarishga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Viloyat Kengashi tomonidan murojaat muallifining murojaati belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish davomida haqiqatdan ham xodim Sh.Turdiyev hech qanday buyruqlarsiz maktab-internati direktorining og‘zaki topshirig‘iga asosan Mehnat qonunchiligiga zid ravishda boshqa lavozimga o‘tkazilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan “Nurli maskan” maktab-internati direktoriga xodim Sh.Turdiyevni avvalgi lavozimiga o‘tkazish hamda dars soatlari bilan ta’minlash to‘g‘risida Taqdimnoma kiritildi.
Ish beruvchi tomonidan Taqdimnoma to‘liq qanoatlantirilmadi. Xodim o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazilgan, biroq 10 soat dars bilan ta’minlangan xolos.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga Sh.Turdiyevning huquqlarini to‘liq tiklash maqsadida da’vo arizasi kiritildi.
Sud tomonidan da’vo ariza to‘liq qanoatlantirib xodim Sh.Turdiyevni 20 soat to‘liq dars soati bilan ta’minlash va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun ish beruvchidan 5 mln. so‘m pul mablag‘lari undirish haqidagi hal qiluv qarori qabul qilindi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: