Sayohatchilar xushnud bo‘ldi
Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan bir safda birlashgan a’zolarni qo‘llab-quvvatlash, salomatligini muhofaza qilish, dam olish va sayohatlarga yuborish borasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor.
Tarmoq raisi Manzuraxon Akramova a’zolarni yurtimizning tarixiy va so‘lim go‘shalariga sayohatga olib borib, xushnud etib kelmoqda.
Kuni-kecha ularning 40 nafari Toshkent shahriga sayohatga yuborildi. Sayohat davomida ular poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar. Ayniqsa, muzey va muqaddas qadamjolarga bo‘lgan sayohat barchada katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: