Samarqandga sayoxat
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyatimizdagi mehnat jamoalarida xizmat qilayotgan 50 nafar ustoz-murabbiylarning Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.
Sayohatchilar Marg‘ilon temir yo‘l vokzalidan navqiron shaharga kuzatib qo‘yildi.
Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu shahar o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan.
Ustozlar sayoxat davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi, Registon va Boqiy shahar majmualari, Amir Temur va Xoja Doniyor maqbaralari, Birinchi Prezidentmiz Islom Karimovning qabri va uy-muzeyi hamda “Konigi” turizm qishlog‘ida bo‘ladilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: