RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan ham oylikni yuqori uyushqoqlikda va yoshlar ongida esdaqolarli o‘tkazish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, Yoshlar oyligi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev ishtirok etib, kasaba uyushmalari faoliyati hamda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Farg‘ona viloyatida mehnat jamoalaridagi 600 mingga yaqin ishchi-xodim kasaba uyushma atrofida birlashib, uning imtiyoz va imkoniyatlaridan foydalanayotgan bo‘lsa, shundan 202 mingdan ortig‘ini yoshlar, ya’ni yosh ishchi-xodimlar va oliy ta’lim muassasalari talabalari tashkil etadi.
Samimiy suhbat jarayonida Jamoa shartnomalari orqali yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar va ulardan yoshlar oqilona foydalanayotgani ham e’tirof etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: