Qishloq xo‘jaligi xodimlari Xorazmga sayoxatga yuborildi
Har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.
Bayram arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fedaratsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qiling” shiori ostida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi tizimidagi 54 nafar mehnatkashlarning Xorazm viloyatiga sayoxati tashkil etildi.
Sayoxatchilar Marg‘ilon shahridagi temir yo‘l vokzali orqali ko‘hna Urganch shahriga kuzatib qo‘yildi. Ular ko‘hna va qadimiy shaharda ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, viloyatda amalga oshirilgan islohotlar bilan ham tanishadilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: