Patronaj hamshiralarga velosipedlar topshirildi
Muborak Ramazon Hayiti arafasida Farg‘onadagi 30 nafar qishloq oilaviy poliklinikalari va oilaviy shifokor punktlarining olis hududlardagi fuqarolarning sog‘ligini nazorat qilib boradigan patronaj hamshiralariga velosipedlar sovg‘a qilindi.
Velosipedlarni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulov hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Shohidaxon Karimovalar tantanali ravishda topshirdilar.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad patronaj hamshiralarining ish samaradorligini oshirish, uzog‘ini yaqin qilish, tibbiy xizmatini yaxshilash va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir.
Tibbiyot xodimlariga yaratib berilayotgan bu qulayliklar o‘z navbatida uzoq masofani tez bosib o‘tishimga zamin yaratadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: