Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston – 13-o‘rinda
Parijdagi «Stad de Frans» stadionida dunyoga mashhur dijyeylar ishtirokida shou bilan yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Paralimpiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra, medallar reytingida O‘zbekiston 13-o‘rinni egalladi.
2024 yilgi Paralimpiya o‘yinlari 8 sentabr, yakshanba oqshomida Parijdagi tantanali marosim bilan yakunlandi, unda dunyoga mashhur dijyeylar ishtirok etdi. Shouni Parijning Sen-Deni chekkasidagi «Stad de Frans» stadioni tribunalarida 64 ming tomoshabin kuzatib bordi.
XVII Paralimpiya o‘yinlari 28 avgustdan 8 sentabrgacha bo‘lib o‘tdi. Parij Paralimpiya o‘yinlarida 22 sport turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Umumiy medallar hisobida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 13-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. «Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining har tomonlama yangi etalonidir», dedi Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons va bu «eng ajoyib Paralimpiya o‘yinlari» ekanini ta’kidladi. Keyingi yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: