O‘zbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil
Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining ham munosib hissasi bor.
120 yillik tarixga ega O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyati davomida yuksalish va pasayish davrlari ham yuz bergan, lekin hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalari hayotida yangi rivojlanish bosqichi boshlandi.
Joylarda bo‘lib o‘tayotgan kasaba uyushmalarning 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda tizimda olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berilmoqda.
Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi, Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona shahar bo‘linmasi Kengashi hamda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan tadbirda kasaba uyushmalarining tarixi haqida so‘z bordi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan tayyorlangan spektakl namoyish etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: