O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni oldidan
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Xanapiyayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami oldidan Farg‘onalik tizimdagi bir guruh ishchi-xodimlar va faxriylar bilan uchrashdi.
Shuningdek, tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ramizjon Utabayev va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Shohidaxon Karimovalar ishtirok etdi.
Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakati 1905-yillarda paydo bo‘lgani, kelgusi yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil etilganining 120 yilligi bo‘lishi ta’kidlandi.
Tadbirda so‘z olganlar ham bugungi kunda kasaba uyushmalari mehnatkashlarning haqiqiy himoyachisi ekanligini, tarixdan ham kasaba uyushmalari ishchilar manfaati himoyachisi bo‘lganini ta’kidlashdi.
Ochiq muloqot yakunida bir guruh tizimda mehnat qilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylarga hamda kasaba uyushmalari faollariga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Xanapiyayev tomonidan Respublika kengashining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: