Orzigul Qozixonova Senator bo‘ldi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Qozixonova Orzigul Mo‘ydinovna Oliy Majlis Senati a’zosiga aylandi.
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputatligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan saylangan O.Qozixonova 2004 yildan buyon kasaba uyushmalari tizimida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Xususan, 2020 yildan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida fidoyilik bilan ishlab, mehnatkashlarni har tomonlama himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalarining ijrosini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib keladi.
Biz jamoadoshimiz – Qozixonova Orzigul Mo‘ydinovnani Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylangani bilan samimiy muborakbod etamiz.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi kelgusi ishlariga omad tilgan holda, hamisha elu yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan ishlashlariga Yaratgandan kuch-quvvat tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: