O‘quv-amaliy seminari
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Orzigul Qozixonova boshchiligida Ishchi guruh Oltiariq tumanida bo‘lib, quyi bo‘g‘in vakillari bilan uchrashib, ish samaradorligini yanada oshirish, xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida amaliy yordam berdi.
Xususan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faollar zalida tashkil etilgan o‘quv amaliy seminarida ishtirok etgan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Seminarda viloyat Kengashining mas’ul xodimlari tomonidan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII- Quriltoyi qarorlari hamda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Strategik yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarni sifatli bajarish», «Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish», «Tashkilotlarda mehnat muhofazasini kuchaytirish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish», «Yo‘llanmalardan samarali foydalanish», «Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish» mavzulari yuzasidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
Qizg‘in-savol javoblar asosida o‘tgan seminardan qatnashchilar foydali ma’lumotlarni oldilar. Albatta, olgan tavsiyalari ish jarayonida asqotajak!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: