OCHIQ OSMON OSTIDA «UCH AVLOD UCHRASHUVI» O‘TKAZILDI
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlab «Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!» shiori ostida «Uch avlod uchrashuchi» ma’niviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Xonobod» sanatoriysida ochiq osmon ostida tashkil etilgani bilan esda qolarli bo‘ldi.
Tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona Davlat universitetining professor ustozlari – Sultonali Mannopov, Hoshimjon Haydarov, G‘ulomjon Yo‘ldashevlar ishtirok etib, yoshlar, xususan, yosh izlanuvchan o‘qituvchilarga hayot yo‘li, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yo‘lda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdilar.
Kishi o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi, bu yo‘lda, albatta, unga muammolar uchrashi va bu muammolardan bilimi, salohiyati va intilishlari bilan yengishi lozimligi barchaga ibrat bo‘lgulik hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Ha, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar tajribasi yoshlar uchun katta ibrat maktabidir. Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizda bunday uchrashuvlar yoshlarni tafakkur qilishga, yurt istiqboli uchun mas’uliyatli bo‘lishga undaydi, albatta.
Muloqot o‘tgan kunlarni xotirlash, bugungi o‘zgarishlarga shukronalar aytish – kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qilishi shubhasiz. Bunyodkorlik ishlariga tomoshabin bo‘lib emas, kamarbasta bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga dahldorlik bilan yashash esa yoshlarning burchidir. Ko‘tarinki kayfiyatda nuroniylar bilan bo‘lgan muloqotlar yoshlarga yanada motivatsiya berdi. Zero, bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatandirmiz!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: