“NAJOTNI “ISHONCH TELEFONI”DAN TOPDIM”
Oltiariqlik Dilfuza Tolibjonovaning akalari xorijda ishlayotgani bois uni ham yonlariga chaqirishdi. Dilfuza u yerga borib, ishga joylashdi. Sekin-asta uyiga pul yubora boshladi. Ammo ko‘p o‘tmay, akalarining fe’li aynib, maoshini olib qo‘yadigan odat chiqarishdi. Tabiiyki, bu singilga yoqmadi. Pulini ularga bermasligini, uyiga jo‘natishi kerakligini aytdi. Bundan akalarining battar jahli chiqdi.
Dahanaki tortishuvlar bora-bora janjalga aylandi. Oxir-oqibat akalar «quloqsiz» singilga qo‘l ko‘tara boshlashdi. Azoblar jonidan o‘tgan Dilfuza ortga qaytishga qaror qildi. Lekin «mehribon» akalari ishlab topgan pullarini va pasportini olib qo‘yishdi. Shunday bo‘lsa-da, Dilfuza bir amallab Vatanga qaytdi.
Pasportini tiklashda ko‘mak so‘rab, avval mahalla raisiga murojaat qildi. Ishi hal bo‘lmagach, tumandagi mas’ul idoralarga bordi. Biroq iloji bo‘lmadi, sarson bo‘lgani qoldi, xolos. Oxirgi chorani O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining xotin-qizlar muammolari bo‘yicha tashkil etilgan 1211 «Ishonch telefoni»- dan izladi.
Murojaat tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi. Mas’ullarning sa’y-harakati bilan unga fuqarolik pasporti olib berildi.
— «Ishonch telefoni»ga qo‘ng‘iroq qilgach, mushkulim aridi, – deydi Dilfuza Tolipjonova. – Afsus, ko‘p idoralarning ostonasida bekordan-bekor sarg‘aygan ekanman.
Jamshid Ergashev
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: