Muzeyga sayoxat
Farg‘ona viloyatidagi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘ining bir guruh faollari uchun Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati Davlat muzeyiga sayoxat tashkil etildi.
Muzey fondining asosiy qismini 19-asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kungacha bo‘lgan Farg‘ona vodiysi aholisi hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar va hujjatlar, shuningdek, xalqimizning qadimiy va yangi tarixiga oid moddiy meros ob’yektlari tashkil etadi.
Kasaba uyushma faollarida muzey faoliyati va u yerda o‘rin olgan eksponatlar katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: