“Muruvvat uyi” nurga to‘ldi
Navro‘z ezgulik va saxovat bayrami. Ushbu bayramda boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, umuman, ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olinadi.
Shunga monand Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi ham ezgu ishlarga esh bo‘lgan holda Qo‘qon shahridagi “Muruvvat” erkaklar internat uyi yashovchilari holidan xabar olib, o‘zlarining bayram sovg‘alarini topshirdilar.
— Ushbu xayrli ishlarni boshida turgan kasaba uyushmalariga rahmat. Har bir bayramda, albatta, dargohimizga kelishadi. O‘zlarini sovg‘alari bilan internat uyi yashovchilarini xushnud etib ketishadi, — deydi muassasa rahbari Bahromjon Jumaboyev.
Ezgu maqsadlarga qaratilgan amaliy harakatlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: