Munosabat
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi “Farg‘onayog‘moy” AJ tomonidan jamiyatda ishlovchi ishchi-xodimlarning oylik ish haqlari o‘z vaqtida berilmayotganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan har oyda korxona va tashkilotlarda ish haqi va unga teglashtirilgan to‘lovlarni o‘z muddatida berilishi bo‘yicha muntazam ravishda monitoring ishlari olib boriladi.
“Farg‘onayog‘moy” AJ tomonidan jamiyatda ishlovchi ishchi-xodimlarga ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi va mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun 2023 yil iyul oyida o‘rganish o‘tkazilganda jamiyat tomonidan xodimlarning oylik ish haqidan qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilingan.
2024 yil yanvar oyida viloyat Kengashi tomonidan “Farg‘onayog‘moy” AJ jamoatchilik asosida o‘rganilganda jamiyat tomonidan 2023 yil avgust oyidan buyon xodimlarga oylik ish haqlari to‘lanmaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmaldari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 539-, 50-moddalariga asosan ish beruvchiga Mehnat kodeksining 25-moddasida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarish hamda ishchi-xodimlarning oylik ish haqini o‘z vaqtida to‘lab berishi yuzasidan ko‘rsatmalar kiritilgan.
Bundan tashqari, viloyat Kengashi tomonidan 2024 yil 2 fevral kunidan “Farg‘onayog‘moy” AJ xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish to‘g‘risida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga har bir xodim uchun alohida da’vo arizalari kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: