Mehr-e’tibordan nurashfon dillar
Qo‘qon “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev hamda Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovlar so‘z olib Yurtboshimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini ta’minlash, salomatliklarini tiklash, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlashdi.
Shuningdek, muassasada davolanayotganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, ishchi-xodimlar bilan suhbatlashildi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Muruvvat” uyi davolanuvchilariga mehr va e’tibor ko‘rsatilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashining bayram sovg‘alari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: