Mehnat jamoalaridagi xodimlar o‘rtasida “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazish NIZOMI
I UMUMIY QOIDALAR
1.1. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirishi, mehnat jamoalarida ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, Yurtboshimizning 2025 yil 17 oktabrdagi Kasaba uyushma faollari va faxriylari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham Xotin-qizlarning faol ijtimoiy qatlam bo‘lib shakllanishida kasaba uyushmalarini yetakchi kuchga aylantirish uchun bugun barcha imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” degan shior asosida yangi tizimni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan edi.

Muhtaram Prezidentimizning ushbu takliflaridan kelib chiqib hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi (bundan keyin matnda Kengash deb ataladi) tomonidan Farg‘ona viloyatida kasaba uyushmalari xizmati tashkil etilgan mehnat jamoalaridagi xodimlar o‘rtasida “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” shiori ostida ko‘rik-tanlov tashkil etiladi.
1.2. Tanlov tashkilot, korxona va muassasalarda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularga munosib maosh va munosib mehnat sharoitini yaratish, gender tenglikni ta’minlash va bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va rolini yanada oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
1.3. Tanlovni o‘tkazishning aniq muddatlari Kengash rasmiy telegram kanalida (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi rasmiy telegramm kanali, bundan keyin Kanal deb ataladi) tanlov boshlanishidan 2 kun oldin e’lon qilinadi.
1.4. Ishchi guruhi tomonidan tanlovni o‘tkazish muddatlariga va shartlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
II TANLOVNING MAQSAD VA VAZIFALARI
- Tanlov tashkilot, korxona va muassasalarda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularga munosib maosh va munosib mehnat sharoitini yaratish, gender tenglikni ta’minlash va bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va rolini yanada oshirish;
- yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va rolini yanada oshirish;
- har bir yosh qalbida o‘z onasiga doim ehtirom ko‘rsatish, e’zozlash tuyg‘ularini kuchaytirish.
III TANLOVNING SHARTLARI
3.1. Tanlovda Farg‘ona viloyatidagi barcha kasaba uyushma a’zolari ishtirok etishlari mumkin.
3.2. “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” shiori ostida ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar tashkiliy qo‘mita tomonidan hal qilinadi.
3.3. Tanlov 1 bosqichda tashkil etiladi.
3.4. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari Kanal (https://t.me/kasabafar) orqali yoritib boriladi.
3.5. G‘oliblar muxlislar tomonidan kanalga joylangan ishlarga ovoz berishi orqali aniqlanadi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
3.6 Ko‘rik-tanlov 2026-yil 25-yanvardan 23-fevralga qadar o‘tkaziladi hamda g‘oliblar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.
IV G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
4.1. Tanlov g‘oliblari 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida tantanali tadbirda dimlop va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
V YAKUNLOVCHI QOIDALAR
5.1. Tanlov to‘g‘risidagi e’lonlar Kengashning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
5.2. Tanlovda davlat va nodavlat tashkilotlari homiylik qilishlari mumkin.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: